Ten Xag – MYUning joriy asrdagi eng yomon murabbiyi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 09:40
1-sentyabr kuni APLning 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “MYU” “Old Trafford”da – o‘z maydonida “Liverpul”ga (0:3) mag‘lub bo‘ldi.

"Mankunianliklar" bosh murabbiyi Erik ten Xag uchun bu o‘yin ingliz klubi boshchiligidagi 118-bahs bo‘ldi.

54 yoshli niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida “qizil iblislar” 69 marta g‘alaba qozonib, 15 marta durang o‘ynagan va 34 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Mag‘lubiyatlarning o‘yinlar soniga nisbati bo‘yicha «Manchester Yunayted» Ten Xag boshchiligidagi umumiy o‘yinlarning 28,81 foizida imkoniyatni boy bergan. Bu bo‘yicha murabbiy "MYU"dagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biriga ega (XXI asr). 






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati