• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish”ning (2-bosqich) loyihasi amalga oshiriladi

Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish”ning (2-bosqich) loyihasi amalga oshiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 11:50
O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida "Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish" (2-bosqich) loyihasi bo‘yicha 2023 yil 26 aprelda 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 260 million AQSh dollari miqdorida Hadli kelishuv va Agentlik kelishuvi imzolangan edi.

Loyihaning umumiy qiymati 293,5 million AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan O‘zbekiston Respublikasining ulushi 33,5 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyiha Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining 21 ta tumanidagi 157 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilishi, amalga oshirish davri 5 yilni (2024-2028 yillar) tashkil etishi belgilangan.

Prezident qarori bilan:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB tomonidan ajratilgan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish ITB talablari asosida va ushbu talablarga zid bo‘lmagan davlat xaridlari to‘g‘risidagi tartib-taomillar asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi;
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar Loyiha bo‘yicha imzolangan Hadli kelishuv va Agentlik kelishuvlarida ko‘rsatilgan mexanizmlar talablariga amal qiladi;
Loyihani amalga oshirish doirasida tanlangan qishloqlarda zaruriy subloyihalar aniqlangandan so‘ng, har bir viloyat bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan belgilangan tartibda Loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqiladi va ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkaziladi;
Loyihani amalga oshirishda Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUKlar buyurtmachi hisoblanadi;
Loyihani amalga oshirish guruhi bilan "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUKlar o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati