Spaletti Kyezaning terma jamoaga chaqirilmaganini tushuntirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 08:38
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti nima sababdan "Liverpul"ga yangi kelgan Federiko Kyezani Millatlar ligasi o‘yinlariga chaqirmaganini tushuntirdi.

“Biz u bilan gaplashdik va vaziyatga to‘g‘ri baho berdik: agar uni chaqirganimda, u zaxirada qolib, o‘yinlarda maydonga tushmagan bo‘lardi.

U menga yangi klubi bilan gaplashgani va ular bilan alohida tayyorgarlik ishlarini olib borishi kerakligini aytdi", - dedi Spalletti.

6 va 9 sentyabr kunlari italiyaliklar Millatlar ligasi doirasidagi safarda 2 ta o‘yin o‘tkazadi - mos ravishda Fransiya va Isroilga qarshi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati