Rafinya o‘zining Barselona sardorlaridan biri etib tayinlanganiga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 08:34
"Barselona" va Braziliya terma jamoasining 27 yoshli vingeri Rafinya jamoa sardorlaridan biri etib tayinlangani haqida gapirdi.

“Men “Barsa” sardorlaridan biriga aylanishimni hech qachon tasavvur ham qila olmasdim. Juda hayajondaman. Kiyinish xonasida odamlar menga ishonishadi. Bu meni hayajonlantiradi va o‘zimni muhimroq his qilaman. Bu menga ishonch bag‘ishladi", - dedi Rafinya.

Joriy mavsumda Rafinya klub safida La Ligada 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati