Kostich Yuventusni tark etishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 07:30
"Yuventus" yarim himoyachisi Filip Kostich bosh murabbiy Tiago Mottaning rejalariga kirmaydi. Serbiyalik futbolchi Yevropaning aksariyat chempionatlarida transfer oynasi yopilgunga qadar yangi klub topishga ulgurmadi, ammo u hali ham transfer bozori ochiq bo‘lgan Turkiyaga borishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Shkira xabariga ko‘ra, ayni damda 31 yoshli futbolchiga "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda va "Beshiktosh" ham mumkin bo‘lgan shartnoma shartlari haqida ma’lumot so‘ragan.

Filip Kostichning "Yuventus" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati