Rasman. Osimxen – Galatasaroy futbolchisi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 07:20
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "Galatasaroy" bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshladi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

Turkiya klubi 25 yoshli nigeriyalik futbolchini ijaraga olganini ma’lum qildi. “Galatasaroy” yaqin kunlarda bu transferni rasman e’lon qiladi.

Osimxen yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishga harakat qildi, biroq hech bir jamoaga o‘tish borasida kelisha olmadi. Natijada, "Napoli" nigeriyalik futbolchini mavsum davomida o‘z tarkibidan chiqarib tashladi.

Hujumchi neapolliklar safida 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U jamoa safida 133 ta o‘yin o‘tkazib, 76 ta gol urgan va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati