Fransiya elitasidagi «qaldirg‘ochlar»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 23:56
Barcha milliy chempionatlar kabi Fransiya oliy divizioni ham o‘z tarixida sayeramizning turli mamlakatlaridan kelgan legionerlar faoliyatiga guvoh bo‘lgan.

Ular orasida barcha qita vakillariga, hatto Yangi Dunyodan kelgan futbolchilarga duch kelish mumkin. Biroq biz o‘z vatanidan birinchi bo‘lib Fransiya chempionatida to‘p surgan legionerlar haqida hikoya qilishni lozim topdik. Gap Liga 1 davrida faoliyat yuritgan legionerlar xususida ketmoqda.

Billi KETKEOFOMFON, Laos

Liga 1dagi faoliyati: 2015-2018. («Anje», 53ta o‘yin, 6ta gol, markaziy hujumchi).

Ota-onasi laoslik hujumchi Fransiyada tug‘ilib, faoliyatini «Strasbur» klubida boshlagan. Keyin Shveysariyaning «Syon» va Fransiyaning «Tur» klublarida to‘p surib, undan «Anje»ga o‘tdi. Billining «Raymon Kopa» nomli stadiondagi ilk mavsumi samarali bo‘ldi, lekin keyin omadsizlik davri boshlandi. 2018|19 yillar mavsumida hujumchi Liga 2ning «Oser»ga yo‘l oldi. Shundan keyin elitada to‘p surish unga nasib etmadi, qisqa muddat Malayziyada o‘ynadi. Hujumchi 2021 yilda Laos terma jamoasida debyutini nishonlab, atigi 6 marta maydonga tushdi.

Muhammad KALLON, Syerra-Leone
Liga 1dagi faoliyati: 2004-2007 («Monako», 48ta o‘yin, 13ta gol, markaziy hujumchi).
Kallon o‘z faoliyatini vatanida boshlab, keyin Livan va Shveysariya orqali Italiyaga kelgandi. Bir necha mavsumni o‘rtamiyona jamoalarda o‘tkazgan hujumchini 2001 yilda «Inter» 13 mln. yevroga xarid qilgach, Muhammad Syerra-Leonening eng qimmat futbolchisiga aylandi. Italiyadagi ishtirokni muvaffaqiyatli boshlagan bo‘lsada, keyin jarohat olib, asosiy tarkibdan tushib qoldi. Bir yil avval YECHLning finaliga chiqqan «Monako» Kallonni 5 mln. yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Biroq bu yerda ham uzoqroq to‘p surish unga nasib etmadi. Ke­yin hujumchi Saudiya, Gresiya, BAA, Xitoy va Hindiston jamoalarida to‘p surdi. Hozirda 44 yoshli Muhammad «Inter»da o‘ynagan chog‘ida xarid qilgan «Kallon FK» klubining bosh murabbiyi.
Mariano DIAS, Dominikan Respublikasi
Liga 1dagi faoliyati: 2017-2018 («Olimpik Lion», 37ta o‘yin, 18ta gol, markaziy hujumchi)

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati