Uilyams nima uchun Barselonaga o‘tmaganini tushuntirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 23:20
"Atletik" vingeri Niko Uilyams "Barselona"ga o‘tmagani sabablari bilan o‘rtoqlashdi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u Bilbaoga sodiq va Kataloniya jamoasining qiziqishidan mamnun bo‘lgan.

"Katta jamoalar kun tartibida sizning nomingiz borligi yaxshi, lekin men bu yerda bo‘lishni xohlayotganimni har doim aniq aytganman.

"Atletik" - bu boshqa tuyg‘u. Mening yuragim "Atletik"ga tegishli. Bu yerda shartnomam bor, ammo kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Men shu yerda qolmoqchi edim, chunki "Atletik" bilan Yevropada o‘ynash meni eng ko‘p hayajonlantirdi", – dedi Uilyam Mundo Deportivo bilan suhbatda.

O‘tgan mavsumda Uilyams "Atletik" safida La Ligada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati