Chelsi bir yil avval 15 million yevroga sotib olgan futbolchisini 23 million yevroga sotmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 23:02
Anjelo Gabriel "Chelsi"ni tark etishga yaqin turibdi.

"An-Nasr" London klubi bilan 19 yoshli vingerning transferi bo‘yicha 23 million yevroga deyarli kelishib oldi, deya xabar beradi Fabrisio Romano.

"Ko‘klar", shuningdek, shartnomaga futbolchining qayta sotilganidan bir foizini oladigan bandni ham kiritmoqchi. Bu kelishish kerak bo‘lgan oxirgi tafsilot.

"Chelsi" 2023 yilning yozida Anjeloni "Santos"dan 15 million yevroga sotib olgandi. Futbolchi o‘tgan mavsumni "Strasburg"da ijara asosida o‘tkazdi va Liga 1ning 21ta o‘yinida 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati