Olimpiadada selfi tushgan Shimoliy koreyalik sportchilar jazolanishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 22:48
Shimoliy koreyalik stol tennischilari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida selfiga tushgani uchun rasmiylar tomonidan jazolanish tahdidi ostida qolmoqda.Manbaga ko‘ra, gap Ri Jong Sik va Kim Kim Yen juftligi haqida ketmoqda. Partiya rasmiylari ularni KXDR birinchi raqamli dushman deb bilgan Janubiy Koreya vakillari bilan suratda tabassum qilgani uchun qoraladi.Qayd etilishicha, Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi barcha sportchilar uch bosqichli mafkuraviy tekshiruvdan o‘tadi. Ushbu tekshiruv 15 avgust kuni sportchilar uyga qaytganidan so‘ng boshlangan va bir oy davom etadi.Shimoliy koreyalik sportchilarga Parij Olimpiadasi ketishdan oldin chet ellik sportchilar, jumladan, Janubiy koreyalik sportchilar bilan gaplashmaslik tayinlangan. Natijada ushbu taqiqni buzgan sportchilar jazolanishi mumkin. Avvalgi yillarda ushbu qoidani buzgan sportchilar bir necha oylik haq to‘lanmagan mehnatga mahkum qilingan.Ma’lumot uchun, 31 iyul kuni 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarining stol tennisi sport turi bo‘yicha sovrindorlar KXDR, Janubiy Koreya va Xitoy sportchilari shohsupada jamoaviy selfi qilishgan edi. Ushbu davlat vakillari aralash juftlik bahslarida medallarni qo‘lga kiritgan edi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati