Polsha Ukraina osmonidagi raketalarni urib tushirishi kerak — Polsha Tashqi ishlar vaziri

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 21:16
"Shaxsan men dushman raketalari bizning havo bo‘shlig‘imizga kirganda, bu qonuniy o‘zini-o‘zi himoya qilish ekanligiga ishonaman. Chunki ularning qurollari bizning havo hududimizga kirganda, raketa yoki dron parchalari fuqarolarimizni jarohatlashi mumkin. Bunday harakatlar bilan Polsha o‘z fuqarolarining xavfsizligini ta’minlay oladi", — deya Radoslav Sikorskiyning so‘zlarini keltiradi Financial Times. Polsha Tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, Ukraina bilan chegaradosh boshqa Yevropa davlatlarini ham Rossiya raketalarini o‘z havo hududiga kirgunga qadar yo‘q qilishga chaqirdi. Avvalroq Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilarini NATOga a’zo davlatlar hududida havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan G‘arbiy Ukraina osmonini himoya qilishga, shuningdek, Ukraina uzra parvozlar taqiqlangan hududni ta’minlashga chaqirgan edi. Biroq Shimoliy Atlantika alyansi bunday choralar Rossiya Federasiyasi va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati