O‘rtoqlik uchrashuvi. «Dinamo» 89-daqiqadagi gol evaziga «Metallurg»ni mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 21:02
FIFA kunlari sabab Superligada yuzaga kelgan tanaffusda «Dinamo» Toshkent viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun Samarqand jamoasi «Metallurg» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Vadim Abramov dastlabki bo‘limda asosiy tarkib o‘yinchilarini maydonga tushirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda bir qator samarqandlik yosh o‘yinchilar sinovdan o‘tkazildi. Uchrashuvning 89-daqiqasida yosh o‘yinchi Firdavs Abdurahmonovning goli ko‘hna shaharliklarga g‘alaba keltirdi – 1:0.

O‘rtoqlik o‘yini. 2 sentyabr«Metallurg» - «Dinamo» - 0:1Bosh hakam: Ahrol RisqullayevGol: Firdavs Abdurahmonov, 89.«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Salim Mustafoyev, Ulug‘bek Abdullayev, Fransis Narh, Ratinyo, Duglas Maykon, Azizbek Ahmedov, Sanjar Shoahmedov, Anvarjon Hojimirzayev, Markos Kayk.Zaxiradan maydonga tushganlar: D.Rahmatullayev, J.O‘rozov, H.Iminov, X.Xalilov, V.Oqbo‘tayev, F.Abdurahmonov, D.Baxtiyorov, S.Ne’matov.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati