Professional boks: Shohjahon Ergashev g‘alaba qozondi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 11:22
Xabar berganimizdek, bugun, 29 mart erta tongda AQShning Michigan shtati Detroyt shahrida tashkil etilgan boks oqshomida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Eng yengil vazn toifasida chempionlikka da’vogar iste’dodli professional bokschimiz Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertas bilan ro‘baro‘ keldi.

10 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Shohjahon 2012 yilgi London Olimpiadasi ishtirokchisini ilk raunddayoq nokautga uchratdi. Shu tariqa Ergashev professional boksda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Jang yakunlangach jurnalistlarga intervyu bergan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida IBF chempionlik kamari egasi Sabriyel Matias bilan yana bir bor to‘qnash kelish istagida ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ergashev o‘tgan yilning noyabr oyida ushbu bokschi bilan o‘tkazilgan 12 raundlik jangda imkoniyatni boy bergan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati