Nagelsmann Germaniya terma jamoasidan to‘rtta yulduzning ketishi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 18:42
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann to‘rt nafar yuqori maqomli futbolchining jamoani tark etishi haqida gapirdi. Xabaringiz bor, Manuel Noyer, Ilkay Gyundogan, Toni Kroos va Tomas Myuller terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan.

"To‘rt nafar muhim futbolchi terma jamoani tark etdi. Ular jamoa sifatida ajoyib hikoyalarga ega edi. Murabbiy sifatida ularning har biriga qaror haqida o‘ylashga imkon beraman. Juda yaxshi o‘yinchilar ketishi har doim qiyin bo‘lgan. Ammo eshik hech kimga yopiq emas. Sportda hech qachon eshikni to‘liq yopib bo‘lmaydi", dedi Nagelsmann jurnalistlarga.

Sentyabr oyida Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Vengriya va Niderlandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati