Guliston shahrida kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJ aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 11:18
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.J.” MCHJ mas’ul shaxslari bankning Sardoba bank xizmatlari markazidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga Fitnes klub va kompyuter xizmatlarini tashkil etmasdan sotib olingan kompyuter jihozlarini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, 400 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati