Fransiya terma jamoasi qaydnomasida o‘zgarish yuz berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 18:24
Madridning “Real” klubi himoyachisi Ferlan Mendi oyog‘idan olgan jarohati tufayli sentyabr oyida Fransiya terma jamoasi safida o‘ynay olmaydi.

Natijada sentyabrdagi yig‘in uchun "uch ranglilar" qaydnomasida o‘zgarish yuz berdi. Mendi o‘rniga "Aston Villa" sharafini klub miqyosida himoya qilayotgan Lyuka Din tarkibga kiritildi.

31 yoshli Din dushanba kuni kechqurun Fransiya terma jamoasiga keladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu oyda Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumining ochilish o‘yinlarini Italiya (6-sentyabr) va Belgiya (9-sentyabr)ga qarshi o‘tkazadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati