Kiyevning o‘qqa tutilishi islom markazi va maktablarga zarar yetkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 17:56
2 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina hududini 35 ga yaqin raketa va 23 ta uchuvchisiz samolyot bilan o‘qqa tutdi. Asosiy zarba Kiyevga tushdi. Bu yerda bir kecha-kunduzda otishma natijasida kamida ikki kishi yaralangan. Raketalardan biri Islom madaniyat markaziga kelib tushgan.

"Rossiya ma’naviy va insoniy qadriyatlarni mensimaydi, hech qanday din va e’tiqodni hurmat qilmaydi, u bizning barcha jamoalarimizni va hatto ziyoratgohlarni yo‘q qilishga urinib, ukraina xalqiga qarshi kurashni to‘xtatmaydi" - dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

2024 yil 1 sentyabr yakshanba kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli o‘quv yili 2 sentyabrda boshlandi. Tungi otishmalar natijasida Kiyevdagi ikkita maktab zarar ko‘rgan. Ularning derazalari portlashlar natijasida uchirib ketgan. Kiyev shahar ma’muriyati o‘qqa tutilishi o‘quv jarayoniga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati