Di Kanio Leau va Teoni tanqid qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 17:32
Paolo Di Kanio Rafayel Leau va Teo Ernandesni tanqid qildi.

“Milan” A Seriyaning 3-turi doirasida “Lasio” bilan durang o‘ynadi (2:2).

Leau va Teo o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashdi. Futbolchilar 70-daqiqada maydonga tushishdi va oradan 30 soniya o‘tib jamoaning ikkinchi golida birgalikda ishtirok etishdi.

Gol nishonlashdan so‘ng o‘yin futbolchilarning suv ichib olishi uchun to‘xtatildi. Shu o‘rinda "Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka futbolchilarga taktik ko‘rsatmalar berdi, biroq Leau va Teo Ernandes sheriklariga qo‘shilmadi. Aksincha, o‘yinchilarga qarama-qarshi qanotda qolib, o‘yin qayta boshlanishini kutishdi.

“Men populist bo‘lishni xohlamayman, lekin bu uyat. Nima qilyapsiz? Murabbiy bu munosabatdan o‘zini kamsitilgandek his qilmoqda”, - deydi Paolo Di Kanio.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati