Milner jiddiy jarohat oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 17:10
"Brayton"ning eng tajribali yarim himoyachisi Jeyms Milner "Arsenal"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. 17-daqiqada futbolchi almashtirildi. “Chaykalar” shu tufayli yarim himoyada jiddiy muammoga duch kelishi mumkin.

Billi Gilmur va Paskal Gross yozda jamoani tark etishdi. Bundan tashqari, Mats Viffer allaqachon kasalxonada. Bu haqda jamoa ustozi Fabian Xurtseler gapirdi.

"Endi bizda Mats va Jeyms jarohat olgani uchun pozisiyada yetarlicha o‘yinchi yo‘qdek. Shuningdek, yozda sobiq futbolchilarimizning xohish-istaklarini inobatga olgan holda transferlarni ham amalga oshirdik. Biz ularning orzularini ro‘yobga chiqarishiga to‘sqinlik qilmoqchi emasdik", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, "Brayton" mavsumni juda yaxshi boshladi. Jamoa uchinchi o‘rinda va yetti ochkoga ega.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati