Ukrainada yoqilg‘i narxi oshishi kutilmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-09-2024, 17:06
Avgust oyi oxirida Oliy Rada yoqilg‘iga aksiz solig‘ini Yevropadagi kabi darajaga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Prognozlarga ko‘ra, sentyabr oyida avtogaz narxi 20foizdan ko‘proq oshishi mumkin. Benzin – 13,5 foizga, dizel yoqilg‘isi – 27 foizga. Bu Ukrainada oziq-ovqat narxining yanada oshishiga olib keladi, deb yozadi mahalliy OAV.
Avvalroq Oliy Rada aksariyat tovar va xizmatlarga kiritilgan QQSni 3-4 foizga oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Tashabbus allaqachon MVF bilan kelishilgan.