Italiyalik spolrtchi mobil telefon sababli Paralimpiya medalidan mahrum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 17:02
Italiyalik eshkak eshuvchi Jakomo Perini qayig‘idan mobil telefon topilgani sababli Paralimpiya o‘yinlarining bronza medalidan mahrum qilindi.

Italiya eshkak eshish federasiyasi matbuot xizmati sportchi mukofotdan mahrum qilingani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, reglamentga ko‘ra, eshkak eshuvchilarga aloqa vositalarini o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin emas.

Finaldan so‘ng hakamlar Perinining sumkasini ko‘zdan kechirishdi va u yerda uyali telefon topishdi. Sportchi start oldidan uni joylashtirishni unutganini tan oldi.

Italiya tomoni bronza medalidan mahrum etish yuzasidan apellyasiya bergan, biroq u rad etilgan.

Perini diskvalifikasiya qilinganidan keyin uchinchi o‘rinni avstriyalik Erik Xorri egalladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati