Shveysariya Fransiya bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 16:54
Neytral maqomga ega Shveysariya 3-4 sentyabr kunlari NATO a’zosi Fransiya bilan harbiy sinovlarni o‘tkazadi.

Bu haqda Shveysariya hukumati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, gap Shveysariyaning to‘rtta F/A-18 qiruvchi samolyoti va Fransiya harbiy-dengiz kuchlarining bir xil miqdordagi Rafale qiruvchi samolyotlarining ikki davlat havo hududida qo‘shma parvozlari haqida ketmoqda.

"Shveysariya harbiy-havo kuchlari va Fransiya harbiy-dengiz kuchlari 3 va 4 sentyabr kunlari qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi”, — deyiladi xabarda. Ikki davlatning “havo hududida bir nechta o‘quv modullari” rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlarda to‘rtta F/A-18 va to‘rtta Rafale ishtirok etadi.

Shveysariya va Fransiya o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar 2018 yilda imzolangan ikki tomonlama kelishuv asosida o‘tkazilmoqda.

Shveysariya hukumat tomonidan 2024 yil 31 yanvarda qabul qilingan tashqi siyosat strategiyasida NATO bilan aloqalarni mustahkamlash, jumladan, harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish va armiyaning o‘zaro hamkorligini yaxshilashga sodiqligini tasdiqladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati