Boburjon Omonov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 16:12
Parij paralimpiya o‘yinlarida delegasiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medal qo‘shildi.Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F41 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Boburjon Omonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimizning 6 ta urinishi orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichi 14,32 metr masofaga teng bo‘ldi. Boburjon ikkinchi o‘rindagi germaniyalik jahon rekordi sohibi Niko Kappelni 58 sm.ga ortda qoldirdi. Shu tariqa, Omonov ikki karra paralimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi. Hamyurtimiz Tokioda ham oltin medalga sazovor bo‘lgandi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati