Paralimpiada. Nurxon Qurbonova yana bronza medaliga ega chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 16:02
Parij paralimpiya o‘yinlarida delegasiyamiz hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi.Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimizning 6 ta urinishi orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichi 7,75 metr masofaga teng bo‘ldi. Nurxon ikkinchi o‘rindagi braziliyalik sportchidan 7, chempiondan esa 31 santimetr ortda qoldi. Qurbonova Tokio-2020 paralimpiadasining ushbu yo‘nalishida ham bronza medali sohibi bo‘lgandi. Nurxon Qurbonova endi o‘zining sevimli yo‘nalishi — nayza uloqtirish mashqlarida qatnashadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati