Mbappe: Elit avtolar ko‘p, lekin guvohnoma yo‘q...

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 15:32
Yaqinda Kilian Mbappega bahosi deyarli 187 ming yevroga teng BMW elektromobili sovg‘a sifatida berildi.Shu tariqa «Real»ning yangi hujumchisi shaxsiy avtoparkidagi elit mashinalar soni 9taga yetdi. Faqat masalaning nozik tomoni ham bor - Fransiya milliy jamoasi yetakchisi hali haydovchilik guvohnomasiga ega emas.Ha, «Real Madrid» homiylaridan biri - BMW avtokonserni Kilian Mbappeni i7 M70 xDrive rusumli elektromobil bilan siyladi. Kilianning avtokolleksiyasidan joy olgan 9-«toychoq» bir zumda yuqori tezlik oladi va 31 dyuymli ekranga ega. BMW i7 M70 xDrive elektorokarining asosiy xarakteristikasi: umumiy quvvati 660 ot kuchiga ega 2ta dvigatelli sedan atigi 3,7 soniyada 100 km.|soat tezlik olishi mumkin. Avtomobilning maksimal sur’ati - 250 km.|soat. Akkumulyator sig‘imi esa 101,7 kilovatt|soatga teng. Bu yo‘llar turiga qarab, 488-560 kilometr masofani zaryad olmasdan bosib o‘tish imkonini beradi. Avtomobil salonida 31,3 dyuymli ekran bor. Haydovchi uning yordamida havo haroratini me’yorida nazorat qilishi, o‘rindiqlarni sovutishi yoki isitishi, shuningdek, massaj turini tanlashi mumkin. Elektromobilning qo‘shimcha opsiyalarsiz bahosi - 186750 yevro.Masalaning bitta nyuanci bor - Kilian Mbappe hali haydovchilik guvohnomasini olmagan. Nahotki, unda avtomobil haydash huquqini beradigan hujjat bo‘lmasa? Shunday. Ta’kidlanishicha, Kilian bundan tashvishga ham tushmaydi. Ya’ni u ongli ravishda haydovchilik guvohnomasi olishga harakat qilmayapti. Goleador hujumchi Mundo Deportivo nashri jurnalistlari bilan suhbat jarayonida shu mavzuga ham to‘xtalgandi:

«Ha, haydovchilik guvohnomasi kabi oddiy narsalarga ega emasman. Ko‘pchilikda guvohnoma bor, chunki ular hujjatga zaruriy ashyo sifatida qarashadi. Ayrimlar hattoki, haydovchilik guvohnomasini mustaqil hayot sharti o‘rnida ko‘rishadi. Men esa boshqacha fikrdaman. Haydovchilik guvohnomasisiz ham o‘zimni mustaqil odamdek his qilyapman. Chunki ixtiyorimda shaxsiy haydovchilar bor. Qisqasi, haydovchilik guvohnomasi olish men uchun hech qachon ustuvor vazifa sanalmagan».

Marca nashrida yozilishicha, «PSJ» vaqtida Mbappeni haydovchilik hujjatini olish uchun o‘qishga undagan, xarajatni to‘liq qoplab bermoqchi bo‘lgan, biroq futbolchi rad etgan. Aytgancha, Mbappe bundan 7 yil avval «Monako» o‘yinlari va mashg‘ulotlariga qanday qatnashi haqida gapirgandi: «Hamon oddiy, 18 yoshli yigitman. Bazaga meni onam yoki klub tomonidan ajratilgan haydovchi eltib qo‘yadi».Endi Fransiya termasi yetakchisi avtoparki xususida. Shu bilan uning kolleksiyasidagi elit mashinalar soni 9taga yetdi. Oxirgi yirik xaridlaridan biri - bu 527 ming yevro turadigan Ferrari 488 Pista. Goal nashri ma’lumotiga qaraganda esa, Mbappe avtoparkida 10tadan ortiq «toychoq» bor. To‘g‘ri, deylik, Krishtianu Ronalduning garaji bundan ikki baravar katta. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik yulduzning avtoparkida chamasi 20ta elit mashina bor va ularning umumiy qiymati taxminan 18 million dollarni tashkil etadi. Xususan Bugatti triosi (Centodieci, Chiron va Veyron rusumlari)ning o‘zi 13 million dollardan ko‘proqqa baholanmoqda. Qolganlari - Rolls-Roycs (2ta), Audi (2ta), Ferrari (3ta), Porsche (3ta), McLaren Senna, Lamborghini, Bentley, Aston Martin, Maserati, BMW va Mercedes. Kilian Mbappe Fransiyaning «Kan» klubi aksiyalaridan 80 foizini 20 mln. yevroga sotib oldi. Shu tariqa «Real» hujumchisi Liga 2 ishtirokchisining asosiy sarmoyadorlaridan biriga aylandi. Le Parisien xabarida aytilishicha, Mbappe endi «Kan» nazorat kengashi raisi Pyer-Antuan Kapton kabi klub sohibi hisoblanadi. Kilian shuningdek, jamoa zimmasidagi qarzning ma’lum qismini o‘z zimmasiga oladi. «Kan» oldinroq Oaktree Capital Management (AQSH) guruhiga tegishli edi. Aytgancha Mbappe professional klublarning eng yosh sohiblari qatoriga qo‘shildi.  A.AHMEDOV tayyorladi








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati