Mbappe: Elit avtolar ko‘p, lekin guvohnoma yo‘q...
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-09-2024, 15:32
«Ha, haydovchilik guvohnomasi kabi oddiy narsalarga ega emasman. Ko‘pchilikda guvohnoma bor, chunki ular hujjatga zaruriy ashyo sifatida qarashadi. Ayrimlar hattoki, haydovchilik guvohnomasini mustaqil hayot sharti o‘rnida ko‘rishadi. Men esa boshqacha fikrdaman. Haydovchilik guvohnomasisiz ham o‘zimni mustaqil odamdek his qilyapman. Chunki ixtiyorimda shaxsiy haydovchilar bor. Qisqasi, haydovchilik guvohnomasi olish men uchun hech qachon ustuvor vazifa sanalmagan».
Marca nashrida yozilishicha, «PSJ» vaqtida Mbappeni haydovchilik hujjatini olish uchun o‘qishga undagan, xarajatni to‘liq qoplab bermoqchi bo‘lgan, biroq futbolchi rad etgan. Aytgancha, Mbappe bundan 7 yil avval «Monako» o‘yinlari va mashg‘ulotlariga qanday qatnashi haqida gapirgandi: «Hamon oddiy, 18 yoshli yigitman. Bazaga meni onam yoki klub tomonidan ajratilgan haydovchi eltib qo‘yadi».Endi Fransiya termasi yetakchisi avtoparki xususida. Shu bilan uning kolleksiyasidagi elit mashinalar soni 9taga yetdi. Oxirgi yirik xaridlaridan biri - bu 527 ming yevro turadigan Ferrari 488 Pista. Goal nashri ma’lumotiga qaraganda esa, Mbappe avtoparkida 10tadan ortiq «toychoq» bor. To‘g‘ri, deylik, Krishtianu Ronalduning garaji bundan ikki baravar katta. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik yulduzning avtoparkida chamasi 20ta elit mashina bor va ularning umumiy qiymati taxminan 18 million dollarni tashkil etadi. Xususan Bugatti triosi (Centodieci, Chiron va Veyron rusumlari)ning o‘zi 13 million dollardan ko‘proqqa baholanmoqda. Qolganlari - Rolls-Roycs (2ta), Audi (2ta), Ferrari (3ta), Porsche (3ta), McLaren Senna, Lamborghini, Bentley, Aston Martin, Maserati, BMW va Mercedes. Kilian Mbappe Fransiyaning «Kan» klubi aksiyalaridan 80 foizini 20 mln. yevroga sotib oldi. Shu tariqa «Real» hujumchisi Liga 2 ishtirokchisining asosiy sarmoyadorlaridan biriga aylandi. Le Parisien xabarida aytilishicha, Mbappe endi «Kan» nazorat kengashi raisi Pyer-Antuan Kapton kabi klub sohibi hisoblanadi. Kilian shuningdek, jamoa zimmasidagi qarzning ma’lum qismini o‘z zimmasiga oladi. «Kan» oldinroq Oaktree Capital Management (AQSH) guruhiga tegishli edi. Aytgancha Mbappe professional klublarning eng yosh sohiblari qatoriga qo‘shildi. A.AHMEDOV tayyorladi