Al-Ittihod PSJ yarim himoyachisini transfer qilishga yaqin turibdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 14:56
“Al-Ittihod” tez orada Fransiyaning “PSJ” klubi yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shishi mumkin. Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni jamoasi Danilo Pereyra transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Portugaliyalik parijliklarning amaldagi ustozi Luis Enrikening rejalariga kiritilmagan. Shu sababdan Saudiya Arabistonida transfer oynasi ochiq ekan rahbariyat futbolchidan qutulmoqchi.

Pereyra markaziy himoyachi sifatida ham o‘ynashga qodir, ammo portugaliyalik o‘zining ko‘p o‘yinlarini yarim himoya chizig‘ida o‘tkazdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati