O‘zbekistondagi yirik kompaniyaga beshta ISO sertifikati berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:12
Poytaxtimizda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Bureau Veritas xalqaro sertifikatlash idorasi tomonidan “Korzinka Biznes” korxonasiga berilgan ISO 9001:2015, ISO 22000:2018, ISO 45001:2018, ISO 14001:2015, ISO 50001:2018 xalqaro sertifikatlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bureau Veritas sertifikatlash organi tomonidan “Korzinka Biznes” korxonasiga beshta ISO sertifikati topshirildi. Kompaniya besh asosiy ISO xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tgan O‘zbekistondagi birinchi chakana savdo tarmog‘iga aylangani qayd etildi.

Tarmoq kompaniyadagi ham tashqi, ham ichki jarayonlarni muntazam mukammallashtirib keladi, sifatni yaxshilash texnologiyalarini joriy etadi – bularning bari endi birdaniga beshta ISO sertifikatlari olinishi bilan tasdiqlandi.

ISO sertifikasiyasi — bu korxona Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan o‘rnatilgan standartlarga mos kelishini baholash jarayoni va tasdig‘i hisoblanadi. Ushbu standartlar tashkilot faoliyatining turli jabhalarini qamrab oladi. Jumladan, mahsulotlar va xizmatlarning sifati hamda xavfsizligi, sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasini ta’minlash, boshqaruv, ekologik barqarorlik va energiya samaradorligini o‘z ichiga oladi.

ISO xalqaro standartlarining afzalliklari shundaki, ISO 9001 — bu butun dunyoda tan olingan sifat boshqaruvi standartidir. U tashkilotlarga barcha hajm va sohalarda o‘z ishini yaxshilash, mijozlar kutilmalariga munosib bo‘lish va sifatga sodiqlikni namoyon etishda ko‘maklashadi. Uning talablari sifat menejmenti tizimini shakllantirish, tatbiq qilish, qo‘llab-quvvatlash va muntazam yaxshilanishi tartibini belgilaydi. ISO 9001 standartini tatbiq qilish tashkilotda samarali jarayonlar qo‘llanilayotgani va xodimlar jamoasi o‘qib-o‘rgatilgani, bu sifatli mahsulotlar va xizmatlarni qayta-qayta taqdim etishga zamin yaratayotganini anglatadi.

ISO 22000 — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash bosqichlarida xalqaro standartlarga javob berishni anglatadi. U tashkilot oziq-ovqat xavfsizligiga nisbatan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash mezonlarini belgilaydi. ISO 45001 — sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasini ta’minlash menejment tizimi bo‘yicha birinchi global standart.
ISO 14001 — korxonada ekologik menejment tizimi tatbiq qilinganini tasdiqlovchi sertifikat. Mazkur tizim ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga va tiklanmaydigan manbalardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanishga yo‘naltirilgan. ISO 14001 qo‘llanishi manfaatdor tomonlarga atrof-muhitga ta’sir minimal bo‘lishi haqida kafolat beradi.
ISO 50001 — energetik menejment tizimi. Energiya samaradorligini tatbiq etish, tashkilotlarga pul mablag‘lari, shuningdek, manbalarni tejash va iqlim o‘zgarishlari darajasini pasaytirishga zamin yaratishda ko‘maklashadi. ISO 50001 tashkilotlarni turli sektorlarda energiya menejmenti tizimlarini ishlab chiqish yo‘li bilan energiyadan nisbatan samarali foydalanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
ISO xalqaro standartlarini tatbiq etish bir qator tadbirlarni bosqichma-bosqich o‘tkazishni o‘z ichiga oldi: xodimlarga ISO xalqaro standartlarining asosiy talablarini o‘rgatish, muvofiqlashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish, ichki hujjatlar talablarini xodimlarga o‘rgatish, ichki audit o‘tkazish va sertifikatlash auditiga tayyorgarlik shular jumlasidan.
Kompaniya sertifikatlarning har birini qo‘lga kiritish uchun, shu taxlitda tashqi sertifikatlash auditidan o‘tishi zarur edi. Ushbu jarayon davomida kompaniyaning integrasiyalashgan menejment tizimi xalqaro standartlarga mosligi baholab chiqiladi. Bu puxta tayyorgarlik, samarali chora-tadbir va amaliyotlarning tashkilot ichida ham tatbiq qilinishi, qo‘llab-quvvatlanishini talab etardi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati