Levandovski Myullerni rekord bilan tabrikladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 13:00
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi Tomas Myullerni rekordi bilan tabrikladi. Eslatib o‘tamiz, germaniyalik kecha jamoa safida 710 ta o‘yin o‘tkazdi – bu “Bavariya” tarixidagi barcha futbolchilardan ko‘p.

“Tomas meni hujumkor sherik sifatida hayratda qoldirgandi. U ko‘p vazifani bajaradigan ideal o‘yinchi. Umid qilamanki, uning aql-zakovati faoliyati yakunlanganidan keyin hayotini "Bavariya" bilan bog‘lashi uchun poydevor bo‘lib qoladi", - deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Myullerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati