Gvardiolaning davri ham tugamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 10:32
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ingliz jamoasini tark etishni rejalashtirmoqda.

Football Insider xabariga ko‘ra, Gvardiola amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetganidan keyin "Manchester Siti"ni tark etadi.

Shu tariqa, ispaniyalik to‘qqiz mavsum davomida "shaharliklar" bilan ishlash missiyasini bajargan bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etgach, murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishni rejalashtirmoqda.

Gvardiola qo‘l ostida "Manchester Siti" tarixda ilk bor UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda ingliz jamoasi trebl qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ispaniyalik boshqaruvida "shaharliklar" besh marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati