Superliga. Paxtakor - So‘g‘diyona. Prevyu

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 10:30
Superliga 4-tur o‘yinida "Paxtakor" Toshkentda "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 56 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 43 bellashuvda "sherlar" g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 7ta o‘yinda durang qayd etilgan va 6 bahsda jizzaxliklarning g‘alabasi qayd etilgan. 132 gol urgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 44 to‘p o‘tkazib yuborishgan. "Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Toshkentdagi 28 bahsning 26tasida "Paxtakor" muvaffaqiyatini nishonlagan. Shundan 12 g‘alaba yirik natija bilan qo‘lga kiritilgan. O‘z maydonida "sherlar" 94 gol urib, 19 to‘p o‘tkazib yuborgan. Faqat bir martadan jizzaxliklar yutug‘i va durang qayd etilgan."Paxtakor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 30 mart, shanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati