Karrager: Salohning qolishi uchun kurashishimiz kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 11:08
Jeymi Karrager Muhammad Salohni "Liverpul" tarixidagi eng yaxshilaridan biri deb hisoblaydi.

"O‘ylashimcha, Saloh ham Ronaldu kabi rekordlarga qiziqadi. Ko‘pchiligimiz 35 yoshda futbolni tugatamiz deb o‘ylaymiz.

Ammo bu yigitning o‘ziga bo‘lgan munosabatidan bilish mumkinki, u 40 yoshgacha o‘ynashni o‘ylayotgandir. Menimcha, keyingi mavsumda Saudiya Arabistoniga borish imkoniyati yo‘q.

U juda yaxshi. U dunyoning eng yaxshi ligasida va dunyoning asosiy klublaridan birida o‘ynaydi. Bir-ikki yil ichida u Kenni Dalglish va Stiven Jerrard bilan birga "Liverpul" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ladi.

U Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. Albatta, uning qolishi uchun kurashishimiz kerak”, - dedi “qizillar”ning sobiq himoyachisi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati