• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yangi o‘quv yili boshlanmoqda: Maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?

Yangi o‘quv yili boshlanmoqda: Maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 11:08
Gamburger, chizburger, xot-dog, “kiriyeshki”, “xrustyashki”, chips, energetik va gazlangan ichimliklar... Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu turdagi mahsulotlarni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi. Qolaversa, ular yurtimizdagi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat va taomlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Xususan, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, maktab oshxonalarida quyidagi mahsulotlar tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);

sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari;

sun’iy konservantlari bo‘lgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;

rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;
veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;
tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;
bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har xil turdagi konservalar;
turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati