Vengriyadagi tarixiy qal’a O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 10:50
2024 yil 31 avgust-1 sentyabr kunlari Vengriya poytaxtining eng mashhur me’moriy inshootlaridan biri – Baliqchilar qal’asi ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi.

Ushbu tadbir mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi tomonidan OTP Bank ko‘agida mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Turizm qo‘mitasi xabar berishicha, Buda tepaligi tarixiy tumanida joylashgan Baliqchilar qal’asi ko‘hna shaharning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri. Yil davomida butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qilib turadigan, YUNESCO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bu bino Vengriyaning boy tarixi timsolidir.

Ushbu qal’a Vatanimiz tug‘iga mos tovlanishi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramziga aylandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati