O‘zbekiston kinoteatrlarida bepul filmlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 10:46
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi sentyabr oyining boshida respublikaning bir necha kinoteatrlarida bepul filmlar namoyishi haqida e’lon qildi.

"O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kino san’at saroyida 3 sentyabr kuni soat 18:00 da “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining bepul namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, 29 avgustdan sentyabr oyi boshiga qadar mamlakatimiz kinoteatrlarida 10 taga yaqin milliy filmlar mutloq bepul namoyish etiladi!", - deyiladi xabarda.

Namoyish etiladigan filmlar orasida quyidagilar bor: "Ofiser 55", “Abdulla Oripov: istiqlol kuychisi”, "Samuray", "Doktor Abdullayev", "Ishq va Anduh", "Osmondagi bolalar 3" va boshqalar.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati