Mas’ul rahbarlarning 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilgan — Shavkat Mirziyoyev

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 10:26
Kasbi, Qarshi, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olinib, barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlat rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning bu boradagi faoliyati ko‘rib chiqilgani, ulardan 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilganini qayd etdi.

Xususan, Kasbi, Qarshi, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga «hayfsan» berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati