1 apreldan AI-80 benzin narxi oshadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 16-03-2024, 06:10
Shu sanadan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagicha o‘zgaradi:
1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i:
⁃ AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so‘mdan 340 000 so‘mga (37 000 so‘mga); aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 so‘mdan 271 000 so‘mga (29 000 so‘mga);
⁃ dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 so‘mdan 326 000 so‘mga (35 000 so‘mga);
⁃ EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 so‘mdan 293 000 so‘mga (31 000 so‘mga);
2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizasiya qilishda aksiz solig‘i:
⁃ AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 so‘mdan 633 000 so‘mga (68 000 so‘mga);
⁃ dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 so‘mdan 578 000 so‘mga (68 000 so‘mga);
⁃ suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 so‘mdan 904 000 so‘mga (96 500 so‘mga) oshishi belgilangan.