Prezident Paralimpiyada chempionlari bilan suhbatlashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 09:46
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, terma jamoa hisobidagi oltin medallar sonini beshtaga yetkazgan yengil atletikachilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondochi Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Davlat rahbari o‘z nomidan va barcha yurtdoshlar nomidan sportchilarni samimiy qutlab, bu zafarlar Mustaqillik kuniga munosib sovg‘a bo‘lganini ta’kidladi. Paralimpiyachilar murosasiz bellashuvlarda ko‘rsatayotgan yuksak mahorat va metin iroda butun xalq, ayniqsa yoshlarni ruhlantirayotgani qayd etildi.

Prezident yigitlarning murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirib, sovrindor bo‘lgan sportchilarga ham salom va tabrik so‘zlarini yo‘lladi.

Chempionlar har bir chiqishda davlat rahbari va xalq qo‘llovini his etganlarini ta’kidlab, mamlakatda paralimpiya harakati rivojiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlar uchun rahmat aytdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati