• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • A seriya. Shomurodov zaxiradan tushgan bahsda «Roma» safarda «Yuventus» bilan durang o‘ynadi

A seriya. Shomurodov zaxiradan tushgan bahsda «Roma» safarda «Yuventus» bilan durang o‘ynadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 08:08
Italiya chempionatining 3-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qildi. Turinliklar joriy mavsumda ilk marta ochko yo‘qotishdi — o‘yinda hisob ochilmadi. Eldor Shomurodov uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. "Roma" ushbu durang tufayli o‘z ochkolarini 2 taga yetkazib, 16-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Yuve" 7 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi. Italiya A seriyasi, 3-tur Yuventus – Roma 0:0 (0:0, 0:0) 1 sentyabr, 23:45, «Alyans Stadium» Yuventus – Di Gregorio, Kabal (Kopmeyners, 46), Bremer, Gatti, Savona, Fajoli (Duglas Luis, 67), Lokatelli (Makkenni, 67), Kambyazo, Mbangula (Fransishku Konseysau, 46), Yildiz, Vlaxovich (Gonsales, 83). Roma – Svilar, Anxelinyo, Ndika, Manchini, Chelik, Pizilli (Kone, 72), Kristante, Salemakers (Zalevski, 62), Pellegrini (Shomurodov, 82), Soule (Dibala, 61), Dovbik (Baldansi, 82). Ogohlantirishlar: Fajoli (2), Salemakers (44), Manchini (85), Bremer (85).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati