«Real» La ligada 36 ta o‘yindan beri yutqazmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 07:22
«Real» Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida o‘z maydonida «Betis»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.Shu tariqa, "Qirollik klubi"ning La ligadagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 36 taga yetdi. Anchelotti jamoasi so‘nggi marta 2023 yilning 24 sentyabr kuni yutqazgandi — «Atletiko»ga (1:3). Shundan beri «Real» 26 g‘alaba va 10 durang qayd etdi."Madrid"ning avvalgi rekordi 30ta mag‘lubiyatsiz o‘yindan iborat bo‘lgandi. Jamoa 1988 yilning mayidan 1989 yilning apreliga qadar Ispaniya chempionatida mag‘lubiyatga uchramagandi."Qaymoqranglilar" 15 sentyabr kuni «Real Sosyedad» bilan to‘qnash kelishadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati