Liga 1. «PSJ» safarda «Lill»ga «non» qoldirmadi (videosharh)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 06:46
Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yinlar kecha oqshom bo‘lib o‘tdi. «PSJ» safarda «Lill» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Parijliklar birinchi bo‘lib so‘ngida Vitinya (penaltidan) va Barkolya tomonidan urilgan gollar evaziga 2 ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olishdi. O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida mezbonlar bitta javob to‘pini kiritishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Kolo-Muani "PSJ"ning uchinchi golini urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi."Pari Sen-Jermen" ushbu g‘alabadan keyin 9 ochko bilan jadvalda yakka peshqadamga aylandi. "Lill" hisobida 6 ochko mavjud. Fransiya chempionati, 3-turLill – PSJ 1:3 (0:2, 1:1)1 sentyabr, 23:45, «Pyer Morua»Gollar: 0:1 – 33, penalti Vitinya, 0:2 – 36 Barkolya, 1:2 – 78 Jegrova, 1:3 – 90+2 Kolo-Muani.Lill – ShevalYE, Alessandro, Mandi (MenYE, 65), Diakite, Xaraldsson (Saxraui, 46), Jegrova, Gudmundsson, Santush (Kabella, 85), Gomes (Mukau, 46), Andre, Bayo (Devid, 65).PSJ – Donnarumma, Beraldo, Pacho, Markinyos, Xakimi (Meyulyu, 84), Joau Nevesh (Fabian Ruis, 65), Vitinya, Zair-Emeri, Barkolya (Li Kan In, 74), Asensio (Due, 65), Dembele (Kolo-Muani, 74).Ogohlantirishlar: Beraldo (24), Alessandro (31), Mukau (47), Donnarumma (84), Diakite (90+1).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati