La liga. «Real» Mbappening dubli evaziga «Betis»ni mag‘lub etdi (videosharh)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 06:20
Ispaniya chempionatining 4-turida “Real” 1 sentyabr, yakshanba kuni “Betis”ga qarshi bahs olib bordi.Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.Ikkinchi bo‘limda madridliklar faollik ko‘rsatdi va 67-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kilian Mbappe La Ligadagi debyut golini kiritdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan “qaymoqranglilar” penalti ishlab oldi. Penaltini ham fransiyalik hujumchi aniq amalga oshirdi va dublni rasmiylashtirdi.Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va “Real” ishonchli hisobda g‘alaba qozondi. Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 8 taga yetkazdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.La liga, 4-tur1 sentyabr, yakshanba“Real” — “Betis” 2:0Gollar: 1:0 – 67 Mbappe, 2:0 – 75 Mbappe (penalti).“Real Madrid”: Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 65), Ryudiger, Militao, Karvaxal, Sebalyos (Braim Dias, 65), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Mbappe (Modrich, 84), Rodrigo.“Betis”: Ruy Silva, Perro, Natan, Lyorente, Sabali, Vilyam Karvalyu (Kardozo, 57), Roka, Fornals (Losada, 83), Sanches (Diao, 72), Ezzalzuli (Xuanmi, 83), Ruibal (Roke, 57).Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (59), Karvaxal (65).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati