Real qiyin o‘yinda Betisni mag‘lub etdi. Mbappedan dubl

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 02:30
La Liganing navbatdagi turida "Real" "Betis"ni qabul qildi.

Dastlabki turlarda duranglar qayd etib, ochko yo‘qotgan "qirollik klubi"ga bu o‘yinda g‘alaba juda zarur edi. Biroq birinchi bo‘limda "Real" raqib darvozasiga gol ura olmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa vaziyat o‘zgardi. Dastlab Federiko Valverdening zargarona uzatmasidan keyin Kilian Mbappe hisobni ochib, La Ligadagi debyut golini urdi. Keyin esa Vinisius raqib jarima maydonida penalti ishladi. 11 metrlik jarimani esa yana Kilian golga aylantirdi.

"Real" bu g‘alaba orqali "Barselona" bilan farqni 4 ochkoga qisqartirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati