Isroilliklar namoyishga chiqishdi: ular XAMAS bilan sulh tuzishni talab qilishmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-09-2024, 02:02
Tel-Avivda o‘n minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, isroillik garovga olinganlarni ozod qilish uchun XAMAS bilan sulh tuzishni talab qildi. Nashrning qayd etishicha, bu Falastin anklavida 2023 yil 7 oktyabrda harbiy harakatlar boshlanganidan beri eng yirik norozilik namoyishi bo‘lishi mumkin.
Quddusda, xavfsizlik kabinetining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani sababli, minglab odamlar Isroil parlamenti oldida to‘plandi. Namoyishchilarning ko‘pchiligi yig‘ilishni buzishga urinib, shovqin-suron ko‘tarib, hushtak chalishdi. Namoyishchilar hukumat ishiga xalaqit berishda davom etish uchun dushanba kuni qaytib kelishlarini aytishdi.
Isroilning aksariyat kasaba uyushmalarining vakili bo‘lgan Histadrut milliy kasaba uyushma markazi dushanba kuni butun mamlakat bo‘ylab ommaviy ish tashlashga chaqirdi. Shu munosabat bilan mamlakatdagi barcha maktablar, alohida ehtiyojli bolalar maktablaridan tashqari faqat soat 11:45 gacha ishlaydi. Barcha bolalar bog‘chalari yopildi.
Bundan tashqari, ish tashlash munosabati bilan mamlakatning asosiy aeroporti Ben Gurionda barcha reyslar to‘xtatildi. Aeroportning qachon ochilishi noma’lum.