Niderlandiya G‘azo urushini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-09-2024, 01:18
Uning so‘zlariga ko‘ra, u isroillik hamkasbi Isroil Katz bilan uchrashgan va unga olti nafar isroillik garovga olingan kishining o‘ldirilishi munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
«Biz G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv zarurligini ta’kidladik. Bu garovga olinganlarni ozod qilish, G‘azoga insonparvarlik yordamini oshirish va mintaqaviy taranglikni yumshatish uchun zarur. Biz imkon qadar Eron hujumining oldini olishga intilamiz», deb yozdi Veldkamp ijtimoiy tarmoqda.
Unga ko‘ra, tomonlar G‘arbiy Sohilda davom etayotgan keskinlashuv va Quddusdagi keskinlikni ham muhokama qilgan.