Belarus o‘zining YouTube muqobilini taqdim etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-09-2024, 00:22
Belarus hukumati mamlakatda YouTube videoxostingining muqobili ishga tushirilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi prezident administrasiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Persev.

«Videobel.by videoxostingi bu bizning birinchi OTT-platformamiz bo‘lib, u yerga dasturlar va turli ruknlar, hatto videokontent yaratuvchilarning efirga ketmaydigan materiallari ham joylashtiriladi. Bu ancha kuchsiz muqobil bo‘lishi mumkin, ammo Belarus YouTube’ini yaratishdagi birinchi qadamdir», — deydi Persev.

Bu haqda u prezident Aleksandr Lukashenkoga bergan hisobotida aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha 12 sentyabr kuni ishga tushiriladi.

Bunga qadar Rossiyada to‘rtta mahalliy videoxosting — RuTube, «VK», Nuum va «Platforma» ishga tushirilgan edi. RF Davlat dumasining Axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Anton Gorelkinga ko‘ra, ularning hech biri YouTube’ga sezilarli raqobat tug‘dira olmagan.

Avgust boshidan beri Rossiyada YouTube faoliyati yomonlashgani haqida shikoyatlar ko‘paydi. Masalan, 2 avgust kuni «Sboy.rf» servisi 15 mingdan ortiq shikoyatni qayd etgan bo‘lib, bu odatiy ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati