Rossiya yadroviy doktrinasini o‘zgartiradi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-09-2024, 23:58
“Biz tomonimizdan bir necha bor ta’kidlanganidek, ish ilg‘or bosqichda va tuzatishlar kiritish bo‘yicha aniq yo‘riqnoma mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillardagi konfliktlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish va tahlil qilish, shu jumladan, bizning g‘arbiy raqiblarimizning “maxsus harbiy operasiya” (Rossiya Ukrainadagi urushni shunday nomlaydi) bilan bog‘liq eskalasiya kursi bilan bog‘liq”, dedi Ryabkov.
Uning tushuntirishicha, hozirda tegishli hujjatni qayta ko‘rib chiqish jarayoni ketmoqda, biroq uni yakunlashning aniq muddatlari haqida gapirish hali erta.
“Milliy xavfsizligimizni ta’minlashning eng muhim jihatlari xususida gap ketayotganini inobatga olsak, bu ishni yakunlash vaqti — ancha murakkab masala”, deya ta’kidladi Ryabkov.
Rossiya to‘rtta vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkin. Bu Rossiya harbiy doktrinasida ochiq-oydin ko‘rsatilgan.