Belarusdan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar 26 foizga ko‘paydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:08
Bugun jamoalar uchun tog‘-chang‘i mashg‘ulotlari bo‘yicha mahorat darslari va dam olish maskanlari taqdimotlari o‘tkazildi.

Jumladan, mamlakatimiz vakillari – “Amirsoy” dam olish maskani faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, rossiyaliklar tomonidan Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi turizm xizmatlari uchun integrasiyalashgan sifat tizimini yaratish yuzasidan sessiya o‘tkazildi.

Unda “Roza Xutor” majmuasi misolida tog‘ kurortlarida dam oluvchilar va tog‘-chang‘i sporti bilan shug‘ullanuvchilar uchun yaratilgan zamonaviy qulaylik va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir qatnashchilari tog‘ dam olish maskanlarida dam oluvchilar uchun integrasiyalashgan yagona sifat tizimini yaratish turli davlatlardan sayyohlarni keng jalb qilishga yordam berishini ta’kidladilar.

Belarus turizm sanoati uyushmasi raisi Filip Guliy bu haqda so‘z yuritib, O‘zbekistondagi “Amirsoy”dam olish maskaniga qiziqish oshib borayotganini ta’kidladi. Bu ayniqsa, Belarus Prezidentining shu yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifi va “Amirsoy”majmuasida bo‘lishidan keyin kuchaygan. Qisqa vaqtda Belarusdan O‘zbekistonga keladigan sayyohlar 26 foizga ko‘paygan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati