Britaniyaning FourFourTwo nashri Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynayotgan xorijlik futbolchilarning reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini 2023 yildan buyon «An-Nasr» sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu egalladi. "Al-Hilol" hujumchisi Neymar va "Al-Ittihod" forvardi Karim Benzema kuchli uchlikka kiritildi. Ro‘yxatdan 33 nafar futbolchi o‘rin egalladi. Quyida top-15 bilan tanishib olishingiz mumkin. 1. Krishtianu Ronaldu, «An-Nasr».2. Neymar, «Al-Hilol».3. Karim Benzema, «Al-Ittihod».4. Gabriel Veyga, «Al-Ahli».5. Riyod Mahrez, «Al-Ahli».6. Ngolo Kante, «Al-Ittihod».7. Sadio Mane, «An-Nasr».8. Emerik Laport, «An-Nasr».9. Bebeto, «Al-Ittihod».10. Ever Banega, «Ash-SHabab».11. Ruben Nevesh, «Al-Hilol».12. Jorjinyo Veynaldum, «Al-Ittifoq».13. Ivan Rakitich, «Ash-SHabab».14. Xristo Stoichkov, «An-Nasr».15. Kalidu Kulibali, «Al-Hilol».
Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati