Neuralink’ning birinchi bemori chip yordamida 2 ta tilni o‘rgana boshladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-09-2024, 21:42
Arbo kuniga 3 soat vaqtini bu tillarni o‘rganishga bag‘ishlayapti. Shuningdek, u o‘z yutuqlarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishyapti.
U matematikani ham qayta o‘rganishga kirishgan va kreativ yozishni davom ettirib, kelajakda yana ta’limga qaytishni rejalashtiryapti.
Arbo o‘ziga joylashtirilgan implantni “Eve” deb nomlagan va u bilan ko‘plab bilimlarni o‘zlashtiryapti. Jumladan, kompyuter boshqarish, qo‘l harakatlarini simulyasiya qilish orqali yozish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiryapti.
U, shuningdek, kuniga 4 soat Neuralink xodimlari bilan birgalikda implantni sinab ko‘rish mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.
Chip miya faoliyatini ushlaydi va uni Bluetooth orqali kompyuterga yuboradi. Bu esa foydalanuvchiga kompyuter kursorining harakatini boshqarish va internetda kezish, video o‘yinlar o‘ynash va 3D modellarni loyihalash imkonini beradi, masalan, sodir bo‘layotgan voqealarni tasavvur qilish orqali.